Gvardiola: "Menda juda ko‘p shubhalar bor, lekin ertaga 11 futbolchi bo‘ladi"
Pep Gvardiola "Manchester Siti" tarkibidagi ko‘plab jarohatlar haqida gapirdi.
Ertangi "Bornmut"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gvardiola Savio jarohatdan qutulib, maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
"Ertaga kimlar o‘ynaydi, buni bilmayman. Bu ko‘plab klublarda sodir bo‘lmoqda, dunyoda biz buni boshdan kechirayotgan yagona jamoa emasmiz. Muayyan pozisiyalarda juda ko‘p jarohatlar bor.
Ertaga 11 nafar futbolchimiz bo‘ladi. Men shifokorlar va futbolchilar bilan gaplashib, ularning kayfiyatini bilaman", - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.