Ortega "Sporting" bilan uchrashuvda "Manchester Siti" darvozasini qo‘riqlaydi
"Manchester Siti" darvozaboni Shtefan Ortega Chempionlar ligasi doirasidagi "Sporting"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi, deya ma’lum qildi "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola.
Ispaniyalik mutaxassis o‘yindan oldingi matbuot anjumanida har bir pozisiya uchun bir nechta o‘yinchi bo‘lishi zarurligi haqida gapirib o‘tdi: "Bizga har bir pozisiya uchun ikki yoki uchta futbolchi kerak, mavsum uzoq, bu juda muhim".
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda "Manchester Siti"da juda ko‘p jarohatlar kuzatilmoqda, bu albatta natijalarda ham o‘z aksini topmoqda.