Ortega: "Mening kelajagim "Manchester Siti" bilan bog‘liq"
"Manchester Siti" darvozaboni Stefan Ortega jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"Mening kelajagim "Manchester Siti" bilan bog‘liq. Ayni paytda menda ketishga alohida sabab yo‘q. Ikki yil ichida 36 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdim, bu ikkinchi darvozabon uchun juda yuqori natijadir", - deydi Ortega.
Joriy mavsumda 31 yoshli darvozabon barcha turnirlarda ikkita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol o‘tkazib yubordi.