Gvardiola kelajak haqidagi savolga javob berdi
Pep Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan va shu sababli ispaniyalik murabbiyning kelajagi muhokama ostida qolmoqda. Juma kungi matbuot anjumanida Gvardiola yana bir bor o‘zining ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
“Mening kelajagim? Men qaror qilishim kerak. Men hali buni qilganim yo‘q. Qachonki qabul qilsam, sizga xabar beraman. Hozir hech qanday yangilik yo‘q va qo‘shadigan hech narsam yo‘q. Men faqat «Vulverxempton»ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida o‘ylayman. Kelajakda terma jamoa bilan ishlashni xohlaymanmi? Ha”, - dedi Gvardiola jurnalistlarga.