"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola vinger Savioning holati haqidagi savolga javob berdi.
20 yoshli braziliyalik futbolchi chorshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi Liga Kubogining ikkinchi bo‘limida (1:2) jarohat oldi. Futbolchini maydondan zambilda olib ketishdi.
"Savio jarohat oldimi? Xa, oyoq suyagidan. Umid qilamanki, xavfli narsa yo‘q. Buni ertaga bilib olamiz", - dedi Gvardiola o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.