"Real"ning apellyasiyasi rad etildi
Vinisius Juniorning diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoladi.
Madridning “Real” klubi vingeri La Liganing 2:1 hisobidagi o‘yinida “Valensiya” darvozaboni Stole Dmitriyevskining boshiga orqadan zarba bergani uchun ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Ushbu epizoddan so‘ng Vinisiusga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Apellyasiya qo‘mitasi "Real Madrid" tomonidan berilgan apellyasiyani rad etdi va shu bilan futbolchining Ispaniya chempionatidan ikki o‘yinlik diskvalifikasiyasini saqlab qoldi.
"Real Madrid" hali ham 15 ish kuni ichida Sport ma’muriy sudiga (TAD) shikoyat qilishi mumkin. Agar bu amalga oshmasa, Vinisius "Las-Palmas" va "Valyadolid"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.