"Real" kecha bir kishi kam bo‘lib o‘ynashi kerakmidi?
"Real Madrid" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinda bir kishi kam bo‘lgan holda o‘ynashi kerak edi.
“Sport-Ekspress” hakami eksperti Aleksandr Bobrovning fikricha, 67-daqiqada hakam Xesus Xil Mansano “Real” hujumchisi Vinisius Juniorga Jyul Kundega zarba bergani uchun ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatishi kerak edi.
Qayd etilishicha, VAR epizodga aralasha olmadi, chunki bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka emasdi.