Simeone: "Ikkinchi bo‘limda biz xotirjamroq bo‘ldik"
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi o‘yindan so‘ng fikr bildirdi.
"Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik, ammo keyin hujum boshqa vaziyatlardagidek silliq kechmadi. "Osasuna" juda yaxshi vaziyatlar yaratdi, qarshi hujumlar qilmasdan bizni yopishga harakat qildi.
Ikkinchi bo‘limda biz xotirjamroq bo‘ldik, himoyada to‘planib qoldik va bu bizga hujumkor o‘yin qurish imkonini berdi", - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.