Simeone jamosi bilan o‘yinda Yamalning ishtirok etmasligi haqida gapirdi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatining 18-tur uchrashuvi oldidan “Barselona” yarim himoyachisi Lamin Yamalning jarohati haqida gapirdi.
"U ajoyib futbolchi, u aql bovar qilmaydigan darajada o‘sdi, hujumda eng yaxshilardan biri. "Barselona"da hozir o‘xshash xususiyatlarga ega futbolchilar yo‘q, lekin ularda Ferran Torres, Olmo, Fermin Lopes bor... Ular gol sari boshqa yo‘l izlab o‘ynashga to‘g‘ri keladi", - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi AS.
17 yoshli Lamin Yamal 15 dekabr kuni Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Leganes"ga (0:1) qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgan edi.