Giggz murabbiylikka qaytmoqchi
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz murabbiylikka qaytishni xohlayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu haqda The Sun gazetasi yozmoqda.
Uelslik mutaxassis besh yil davomida professional darajada hech qaysi jamoada ishlamadi. Giggz hozirda Angliyaning to‘rtinchi divizionidagi "Solford Siti" klubining sport direktori hisoblanadi.
2014 yildan 2016 yilgacha Giggz "Manchester Yunayted" tizimida murabbiy sifatida ishlagan. 2018 yildan 2020 yilgacha Rayan Uells terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. Giggz hozir 51 yoshda.
Eslatib o‘tamiz, u butun futbolchilik faoliyatini faqat bitta klub - "Manchester Yunayted"da o‘tkazgan. Giggz "qizil iblislar" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.