"Real" – VARdan eng ko‘p aziyat chekayotgan jamoa
"Real Madrid" VAR joriy etilgandan beri hisobga olinmagan gollar bo‘yicha La Ligada yetakchilik qilmoqda.
Bugun "Los Blankos"ning "Valensiya" darvozasiga urgan goli VAR tekshiruvidan so‘ng inobatga olinmadi. La Liga uchrashuvining 60-daqiqasida Kilian Mbappe gol urdi, ammo uning goli Jud Bellingemning uzatmasidan keyin ofsayd tufayli bekor qilindi.
Jurnalist Pedro Martin yozganidek, VAR Madridning jami 29 ta golini bekor qildi.
"Sevilya"da 18 ta gol bekor qilingan bo‘lsa, "Atletiko", "Selta" va "Vilyarreal"da 16 tadan bekor qilingan gol bor edi. Tekshiruvdan so‘ng "Real Sosyedad"ning 15 ta, "Valensiya"ning 14 ta goli rad etildi.
"Barselona" va "Espanyol"da 13 tadan gol inobatga olinmagan.