Tyuram: "Bizda mahorat yetarli"
"Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuram jamoadagi muammolar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
23 yoshli fransuz A Seriya doirasidagi "Fiorentina"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi, ammo turinliklar baribir g‘alaba qozona olishmadi - 2:2 hisobidagi durang.
"Bizga nima yetishmayapti? Biz maydonning qolgan uchdan bir qismida to‘pni yaxshiroq ushlab turishimiz va ishonchliroq harakat qilishimiz kerak.
Bizda mahorat yetarli, ammo jamoa juda yosh, biz rivojlanishda davom etishimiz kerak", dedi Tyuram o‘yindan keyingi jurnalistlar bilan suhbatda.