Tyuram "Inter"dan ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
"Inter" hujumchisi Markus Tyuram kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 27 yoshli futbolchining shartnomasida tovon puli 85 million yevroni tashkil etadi.
Vaqti-vaqti bilan matbuotda boshqa Yevropa gigantlarining ushbu variantdan foydalanishga tayyorligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ladi.
"Ochig‘ini aytsam "Inter"ni klub bilan muhokama qilmasdan turib, belgilangan summaga hech qachon tark etmayman. Kompensasiyalar bor, lekin men qaror qabul qiladigan yagona odam bo‘lmayman. Agar shunday voqea ro‘y bersa, biz, albatta, hammasini muhokama qilamiz", - dedi Tyuram.