"Atletiko" bu transferni yaqin orada hal qiladi
"Barselona" markaziy himoyachisi Kleman Langle doimiy ravishda "Atletiko"ga o‘tadi.
29 yoshli futbolchi joriy mavsumni “matraschilar” safida ijara asosida o‘tkazmoqda. Jurnalist Eduardo Burgosning yozishicha, “Atletiko” fransiyalik futbolchini “Barselona”dan sotib olishga yaqin turibdi.
Shartnoma shu oy yopilishi kerak. Oldinroq matbuotda Madrid klubi Kleman Langle transferi uchun 8-10 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.