Lemar "Atletiko"ni tark etadi
"Atletiko Madrid" hujumkor yarim himoyachisi Toma Lemarning kelajagi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Diario AS xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi agar munosib taklif tushsa, qishda "matraschilar" lagerini tark etadi. Lemar 2018 yilning iyulidan buyon Madridning “Atletiko” klubida o‘ynamoqda.
Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi va atigi 28 daqiqa o‘ynadi. Lemarning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.