Evra Gvardiola qanday qilib futbolni "o‘ldirganini" tushuntirdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "futbolni o‘ldirganini" aytdi.
"Menimcha, Gvardiola eng yaxshi murabbiylardan biri, lekin u o‘yinni o‘ldirdi... Hamma Gvardiola kabi o‘ynashni xohlaydi... Endi hamma ajoyib o‘ynashni xohlaydi. Bu tiki-taka, buni qanday qilishni faqat Gvardiola biladi", - deydi Evra.
Evra 2006 yildan 2014 yilgacha "Manchester Yunayted"da o‘ynagan. Bu davrda “qizil iblislar” besh marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.