Vinisius «Real» futbolchilarini xayriya qilishga chaqirdi
«Real» Ispaniyadagi dahshatli suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam berishga qaror qildi. «Qaymoqranglilar» klubi bu ishga 1 million yevro ajratdi. Shu bilan birga, "Cadena SER" Madrid jamoasi futbolchilari ham alohida pul yiqqani haqida xabar berdi. Ushbu qadamning tashabbuskori hujumchi Vinicius Junior edi.
Qayd etilishicha, «Real» futbolchilari o‘z xayr-ehsonlarini ommaga e’lon qilish niyatida emas edi, chunki ular yaxshilikni anonim tarzda qilgan ma’qul degan fikrga kelishgan. Shunga qaramay, ma’lumot qandaydir tarzda ommaviy axborot vositalarida tarqaldi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyadagi suv toshqini tufayli bir qator o‘yinlar qoldirildi. Ushbu ro‘yxatga «Valensiya» va «Real» o‘rtasidagi La Liga o‘yini kiritilgan.