Klaudinyo vataniga qaytishi mumkin
Braziliyaning "Botafogo" klubi o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Xulio Migel Netoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Botafogo" hozirda "Zenit"ning hujumkor yarim himoyachisi Klaudinyo nomzodini o‘rganmoqda.
Bu Klaudinyoning Braziliyaga qaytishi haqidagi ilk mish-mishlar emas. Anchadan beri bu haqida gapirilmoqda.
"Zenit"da uch yarim yil davomida futbolchi turli musobaqalarda 124 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va 31 ta golli uzatmani amalga oshirgan.