"Botafogo" yetakchisiga A Seriya va La Liga klublari qiziqish bildirmoqda
"Botafogo" va Venesuela terma jamoasi yarim himoyachisi Jefferson Savarino xizmatlariga "Lasio", "Atalanta", "Valensiya", "Sevilya" va "Vilyarreal" klublari qiziqish bildirmoqda.
Klublar potensial transfer shartlarini bilish uchun Libertadores kubogining amaldagi g‘olibi bilan muzokaralarni boshlash niyatida.
Savarino 2024 yilning yanvaridan buyon "Botafogo"da oynayapti. Uning shartnomasi 2026 yilning dekabrigacha amal qiladi. Joriy mavsumda 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.