"Liverpul" yana bir katta transferni ko‘zlamoqda
"Atalanta" yarim himoyachisi Sharl de Ketelarega Angliya Premyer-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda.
Caughtoffside xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi "Liverpul"ning radariga tushdi, "Vest Xem" ham belgiyalik uchun kurashmoqchi. Transfermarkt portali ekspertlarining fikricha, "Atalanta" yulduzining narxi 38 million yevroni tashkil qiladi.
Sharl de Ketelare ushbu mavsumda Jan-Pyero Gasperini jamoasi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining bergamoliklar bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.