"Inter" yana bir yulduzni erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
34 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Transfer News Live nashrining Fichajes nashriga tayanib xabar berishicha, "Inter" iyul oyida nemis futbolchisini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan holda, vaziyatdan foydalanishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Ilkay Gyundogan shu yozda "Barselona"da o‘tkazgan bir mavsumdan so‘ng "Manchester Siti"ga qaytgan edi. Angliyaga qaytgach, yarim himoyachi Xosep Gvardiola jamoasida barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.