Gvardiola: "Bunday o‘yinlarda his-tuyg‘ular qanchalik kam bo‘lsa, shuncha yaxshi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan derbi haqida gapirdi.
"Bu oddiy futbol o‘yini. U muxlislar uchun hissiyotli va so‘nggi yillarda o‘zgacha bo‘lib qoldi.
Bunday o‘yinlarda his-tuyg‘ular qanchalik kam bo‘lsa, shuncha yaxshi", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.