"Liverpul" vengriyalik himoyachi uchun kurashga qo‘shildi
"Liverpul" 21 yoshli Vengriya terma jamoasi va "Bornmut" chap qanot himoyachisi Milosh Kerkezga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Kerkezga "Manchester Yunayted" ham faol qiziqish bildirmoqda, chunki himoyachi "qizil iblislar"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning o‘yin uslubiga mos keladi. Ta’kidlanishicha, "Bornmut" 21 yoshli futbolchi uchun kamida 40 million funt (48 million yevro) talab qilishi mumkin.
Joriy mavsumda Kerkez barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.