"PSJ" Salohga yiliga 40 million yevro maosh to‘lashga tayyor
"PSJ" hujum chizig‘iga yangi yulduz sotib olish haqida o‘ylamoqda.
El Nacional nashri xabariga ko‘ra, parijliklar rahbariyati o‘z safiga "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni jalb qilmoqchi. Fransiya chempioni prezidenti Nosir Al-Xelayfiy misrlik yulduzni qo‘lga kiritish uchun bor kuchini sarflaydi.
Parijliklar Salohga yiliga 40 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Muhammad va "Liverpul" o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Saloh 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.