Ba’zi "PSJ" muxlislari Falastin bayrog‘i bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng o‘z abonementlarini bekor qilishni xohlashdi
"PSJ" Falastin haqidagi banner bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng muxlislarning abonementlarini bekor qilishdan bosh tortdi.
"Atletiko Madrid" bilan Chempionlar ligasi o‘yini (1:2) boshlanishidan oldin "PSJ" muxlislari "Falastinga erkinlik. Yer yuzida urush, lekin butun dunyoda tinchlik" degan yozuv tushirilgan bannerda Livan bayrog‘i ham tasvirlangan.
Bu voqeadan so‘ng klub yil oxirigacha "Park de Prens" stadionida muxlislarning chiqishlarini taqiqladi. Shuningdek, Collectif Ultras Paris muxlislar guruhi o‘yin kunlaridan tashqari stadionga kiritilmasligi ma’lum qilingandi.
L’Équipe nashrining yozishicha, stadionda tribunalar yoki VIP-o‘rindiqlarga o‘tirgan ayrim muxlislar va kompaniyalar hayratda qolgan va stadionda sodir bo‘lgan voqeadan noroziligini bildirgan. "PSJ" o‘nlab xatlarni oldi, ularning ba’zilarida mavjud abonementlarni bekor qilish bilan tahdid qilingan.
Klub abonementlarni bekor qilishdan bosh tortdi va so‘rovlar sotishning umumiy shartlariga to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tdi. "PSJ" o‘z maktubida "kelajakdagi o‘yinlar ehtiros, hurmat va inklyuzivlik bo‘yicha o‘z majburiyatlariga mos kelishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish" niyatida ekanligini ta’kidladi.
"PSJ" ma’lumotlariga ko‘ra, 50 dan kam shikoyat kelib tushgan va abonement bekor qilingani yo‘q.