UYEFA “Atletik”ka nisbatan chora qo‘lladi
UEFA “Atletik”ni Yevropa ligasi o‘yinida muxlislarning xatti-harakati uchun jazoladi.
Bilbao klubi “Roma” bilan safar uchrashuvida (1:1) mehmon sektorida muxlislarning tartibsizliklari uchun 30 ming yevro jarimaga tortildi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, “Atletik” muxlislari pirotexnika vositalarini yoqib, ularni va boshqa buyumlarni maydonga tashlashgan.
Jarimadan tashqari klub yevrokuboklarning navbatdagi o‘yiniga chipta sotishni shartli ravishda taqiqladi.
Ikki yil ichida takroran qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda jazo choralari qo‘llaniladi va kuchaytiriladi.