«Bavariya» jarimaga tortildi
Germaniya futbol assosiasiyasining (DFB) Sport sudi 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Germaniya kubogi 1/32 finali doirasidagi «Ulm 1846» (0:4) o‘yinida muxlislarning nomaqbul xatti-harakati uchun «Bavariya»ni 150 ming yevro jarimaga tortdi. Bu haqda rasmiy sayti (DFB) xabar bermoqda.
DFB bayonotida Myunxen jamoasining muxlislari kamida 70 ta mushak va to‘rtta katta feyerverk yoqishgan. Ushbu pirotexnika vositalarining bir qismi dala tomon yo‘naltirilgan. O‘yin kuchli tutun tufayli uch daqiqaga yaqin to‘xtatilishiga to‘g‘ri keldi.
Qayd etilishicha, «Bavariya» jarimaning 50 ming yevroini xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun sarflashi mumkin.