Tebas: "Bu axloq masalasi bo‘yicha o‘ylab ko‘rishga undaydi"
Xavyer Tebas Yevropa Superligasi modelini tanqid qildi.
"Bu Chempionlar ligasiga parallel turnir emas, balki uning o‘rnini bosmas ham. Siz shuni bilishingiz kerakki, bunday turdagi raqobat modellari milliy ligalarni yo‘q qilmoqda.
Dunyoda 16 ta yirik klub bor deb o‘ylashingiz mumkin, lekin aslida Yevropada 2500 dan ortiq professional klublar mavjud.
Bu yirik klublarda 300 yoki 400 nafar futbolchi bor, jami 60 mingdan ortiq professional futbolchilar bor. Ular oyiga 2000 dollardan besh milliongacha maosh oladi.
Agar Superliga tashkil etilsa, barcha pullar u yerga yo‘naltiriladi, qolgan turnirlar esa vayron bo‘ladi.
Bu allaqachon axloq masalasi bo‘yicha o‘ylab ko‘rishga undaydi", – dedi Tebas.