Gvardiola: "Oldingi sakkiz yil davomida hammasi yaxshi edi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi boshidan kechirayotgan og‘ir damlar haqida gapirdi.
"Men ham yaxshi, ham yomon paytlarni boshdan kechirganman. Murabbiylik faoliyatimda yomon damlar bo‘lgan, lekin biz doim qayta olardik. Hozir bu ko‘proq vaqt oladi.
Bundan tajriba orttiraman. Men 40 kunni yomon natijalar bilan o‘tkazdim, bu to‘g‘ri, lekin oldingi sakkiz yil haqida gapiradigan bo‘lsak, hammasi ancha yaxshi edi. Sakkiz yil davomida aql bovar qilmaydigan natijalarga erishdik, endi esa 40-45 kun yomon natija qayd etdik," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.