Ederson: "Gvardiola o‘zida mehribonlik, yovuzlik va zerikarlilik sifatlarini mujassam etgan"
"Manchester Siti" darvozaboni Ederson jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqidagi savolga javob berdi.
"Gvardiola o‘zida mehribonlik, yovuzlik va zerikarlilik sifatlarini mujassam etgan. U yaxshi inson, lekin ba’zida zerikarli bo‘lib qoladi.
U juda talabchan va professional darajada shunday bo‘lishi kerak. Shuningdek, g‘azablanishi kerak bo‘lganda g‘azablanishi ham mumkin.
Demak, bu uch sifatning aralashmasi qachondir foyda beradi. U maydondan tashqarida yaxshi, maydonda talabchan. Tabiiyki, jamoa yomon o‘ynaganda, hamma kabi u ham g‘azablanadi", dedi Ederson.