KONKAKAF Millatlar ligasi o‘yinining tanaffus vaqtida maydon yaqiniga vertolyot qo‘ndi
KONKAKAF Millatlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Gayana va Surinam terma jamoalari uchrashuvining tanaffus vaqtida vertolyot maydon yaqiniga qo‘ndi.
Uchrashuv Leonora shahrida bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning boshlanishi vertolyot maydon yaqiniga qo‘ngach, kechiktirildi. Hakam futbolchilarga samolyot qo‘nguncha kutishni buyurdi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot bortida Gayana prezidenti Irfaan Ali bo‘lgan.