KONKAKAF Millatlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Gayana va Surinam terma jamoalari uchrashuvining tanaffus vaqtida vertolyot maydon yaqiniga qo‘ndi.
Uchrashuv Leonora shahrida bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning boshlanishi vertolyot maydon yaqiniga qo‘ngach, kechiktirildi. Hakam futbolchilarga samolyot qo‘nguncha kutishni buyurdi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot bortida Gayana prezidenti Irfaan Ali bo‘lgan.