Skaloni: «Bunday maydonda o‘ynab bo‘lmasdi»
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Venesuela terma jamoasiga qarshi safar uchrashuvida maydon holatini tanqid qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
«Chim o‘yin standartlariga javob bermadi. Bunday maydonda o‘ynab bo‘lmasdi. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Maydon holati jamoalar saviyasiga to‘g‘ri kelmasdi», - dedi "Albiseleste" bosh murabbiyi.