Karius faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda
"Liverpul" va "Nyukasl" klublarining sobiq darvozaboni Lyoris Karius futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotganini aytdi.
Karius o‘tgan mavsum oxiri "Nyukasl" bilan shartnomasi tugaganidan beri klubsiz, u ikki yil davomida atigi ikkita o‘yinda maydonga tushdi.
31 yoshli germaniyalik posbon haligacha o‘ziga mos taklif olgani yo‘q, shu bois u qo‘lqopini osib, hayotda boshqa bir ish bilan shug‘ullanishi mumkinligini istisno etmayapti.
"Agar siz men kabi uzoq vaqt o‘ynamagan bo‘lsangiz, nafaqaga chiqish haqida o‘ylashingiz mantiqan to‘g‘ri keladi. Men hali qaror qilganim yo‘q, chunki bunga majbur emasman. Men hali ham sog‘lomman. Menda hali salohiyatim va qobiliyatlarim bor.
Agar bu eshik ochilmasa, men o‘zimga halol bo‘lishim kerak. Eshiting, men so‘nggi yillarda boshimdan kechirgan narsalarni hisobga olsak, men qila oladigan boshqa ko‘p narsalar meni qiziqtiradi", - dedi Karius Daily Mirror bilan suhbatda.