"Lester" xo‘jayini "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yinchilarni ziyofat uchun tanqid qildi
"Lester" xo‘jayini Ayavatt Srivadxanaprabxa o‘yinchilarni bayram qilgani uchun tanqid qildi.
Shanba kuni Angliya Premyer-ligasining 12-turi doirasida "Lester" o‘z maydonida "Chelsi"ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Shundan so‘ng futbolchilar Kopengagenga oldindan kelishib olingan Rojdestvo bayramiga yo‘l olishdi.
Unda "Lester" futbolchilari tungi klubda zavqlanayotgani aks etgan, fotosuratlar va videolarda esa sobiq bosh murabbiy Enso Mareskaga ishora "Enso, men seni sog‘indim" degan yozuv aks etgan.
Seshanba kuni klubning mashg‘ulot maydonida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Srivadxanaprabxa futbolchilarga videodagi sahnalar o‘z vaqtida bo‘lmagani va "Lester"ning oilaviy klub sifatidagi imidjiga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.
U shuningdek, futbolchilar "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan hozirgi murabbiy Stiv Kuperni tushkunlikka solganini ta’kidladi.
"Lester" 12 o‘yindan keyin 10 ochko to‘plagan holda APLda 16-o‘rinda bormoqda.