Konseysau kelajagi haqida fikr bildirdi
Yarim himoyachi Fransishku Konseysau kelajagi haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi Turinning "Yuventus" klubida ijara asosida o‘ynamoqda, uning 2029 yilning yoziga qadar shartnomasi bor.
"Men "Yuventus"da juda va juda baxtliman. Men bu yerda bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Keyin gap klublarga bog‘liq", - dedi Fransishku Konseysau.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda portugaliyalik barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va o‘z jamoadoshlariga beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq OAVda kelasi yil to‘liq kelishuv bo‘lishi kerakligi haqida xabar berilgandi.