YECHL favoritlari reytingi tuzildi: «Barsa» ikkinchi, «Real»...
Nufuzli «Goal» portali sahifalarida umumiy bosqichning beshta turi yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi favoritlari haqida material chop etildi.
Reytingda birinchi o‘rinda beshta o‘yinda maksimal ochko to‘plagan «Liverpul» turibdi - 15. Portal aynan Arne Slot jamoasini Chempionlar ligasi favoriti deb biladi.
«Barselona» ikkinchi, «Inter» esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kuchli o‘ntalikka «Arsenal», «Atalanta», «Borussiya Dortmund», «Bavariya», «Bayer», «Atletiko» va «Manchester Siti» kiradi.
«Real» esa bor-yo‘g‘i o‘n birinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklar Chempionlar Ligasi kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.