«Liverpul» YECHLda 100 foizlik natija qayd etmoqda
«Liverpul» Chempionlar ligasining to‘rtinchi turida «Bayer»ni mag‘lub etdi - 4:0.
Bu mavsumda Arne Slotning jamoasi allaqachon «Milan» (3:1), «Bolonya» (2:0), «RB Leypsig» (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, to‘plagan ochkolari bo‘yicha yuz foiz ko‘rsatkichga ega. Chempionlar ligasining barcha jamoalaridan faqat «Aston Villa» bugun «Bryugge»ni mag‘lub etsa, ularning natijasini takrorlashi mumkin.
«Liverpul» Chempionlar ligasida birinchi o‘rinda bormoqda.