«Liverpul» ketma-ket 7 o‘yindan buyon g‘alaba qozonmoqda
«Liverpul» g‘alabali seriyasini 7 ta o‘yinga yetkazdi.
Arne Slot shogirdlari APLning 8-turida «Chelsi»ni mag‘lub etishdi (2:1). 17 sentyabrdan buyon o‘tkazilgan o‘yinlarning umumiy to‘plar farqi - 18:4.
Yangi murabbiy qo‘l ostida mersisaydliklar barcha turnirlarda 11 o‘yin o‘tkazib, 10 tasida g‘alaba qozonishgan. Yagona mag‘lubiyat 14 sentyabr kuni «Nottingem Forest»ga qarshi kechgan (0:1).
Keyingi o‘yinda «Liverpul» Chempionlar ligasida «Leypsig» (23 oktyabr) va APLda «Arsenal» (27 oktyabr) bilan mehmonda o‘ynaydi.