"Manchester Siti" 61 yillik antirekordni takrorladi
“Manchester Siti” Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvida “Feyenoord” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Bu o‘yin Pep Gvardiola jamoasi uchun 2 yoki undan ortiq gol o‘tkazib yuborgan ketma-ket 6-o‘yin bo‘ldi.
Squawka xabariga ko‘ra, "Siti" 61 yildan beri bunday salbiy seriyani namoyish etmagan.
Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar bundan oldingi 5 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan ("Tottenxem" - 0:4, "Brayton" - 1:2, "Sporting" - 1:4, "Bornmut" - 1:2, "Tottenxem" - 1:2).