Pulishich: "AQSHda futbolning rivojlanayotgani meni quvontiradi"
"Milan"ning hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishich amerikaliklarga o‘rnak bo‘lish istagini bildirdi.
"Men amerikalik ekanligimdan juda faxrlanaman. Umid qilamanki, mening maydonda qilayotgan ishlarim haqiqatan ham AQSHdagi bolalarni ilhomlantiradi va ular balki, men Yevropaga borib, xuddi shu narsani qila olaman, deb o‘ylashadi.
Yevropada men ko‘rgan amerikaliklar bor edi, lekin ularning ko‘pi yuqori darajada o‘ynamagan. Hozir Yevropa futbolida ko‘proq amerikaliklar paydo bo‘lmoqda. Qo‘shma Shtatlarda ushbu sport turi rivojlanayotganini ko‘rish meni quvontiradi", - dedi Pulishich UEFA saytiga bergan intervyusida.