Gvardiola: «U haqida yomon gap aytadigan birorta jamoadoshi bo‘lmasa kerak»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «shaharliklar» himoyachisi Natan Ake haqida fikr bildirdi.
«Murabbiy sifatida siz o‘yinchining shaxsiyatini, shuningdek, uning o‘yin mahoratini ham ko‘rishga intilasiz. Men Natanda aynan shuni ko‘raman. Undan juda mamnunman. O‘ylaymanki, uning jamoadoshlari orasida u haqida yomon gap aytadigan birorta ham odam topilmasa kerak...», - dedi ispaniyalik mutaxassis.