Ronalduga nima ilhom berib turibdi?
39 yoshida Krishtianu Ronaldu shuhratparastligicha qolmoqda.
Dushanba kuni portugaliyalik forvard “Al-Garafa”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, “An-Nasr”ning OCHLda 3:1 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.
O‘yindan keyin Ronaldu bu unga futbolga bo‘lgan ishtiyoqini saqlab qolishga yordam berishini aytdi.
“Muxlislar borligi va ularning quvonchi, ayniqsa bolalar, mening ishtiyoqimni saqlab turadi. Jamoamizda turli yoshdagi muxlislar ko‘p.
Gol urib, ularni xursand qilganimdan juda mamnunman”, - dedi Ronaldu jurnalistlarga.