«Manchester Yunayted» Xvicha bilan shartnoma imzolashga jiddiy kirishdi
«Manchester Yunayted» Xvicha Kvarasxeliyani sotib olishga jiddiy kirishmoqda.
Angliya klubi Ruben Amorim qo‘l ostida 3-4-3 sxemasida o‘ynay oladigan vinger sotib olmoqchi, deb yozadi «Sportmediaset».
Ta’kidlanishicha, mankunianliklar gruziyalik futbolchiga mavsumiga 8 million yevro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Osonlik bilan erishiladigan bonuslar hisobiga bu miqdor 9 milliongacha oshishi mumkin.
Neapolliklar futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi va unga yiliga 6 million yevrolik yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Klub taklifni oshirish niyatida emas. Tomonlar hozircha kelishuvga erishmagan.
Mavsum oxirigacha vaziyat hal etilmasa, «Napoli» Kvarasxeliyani 100 million yevro atrofida sotishni ko‘rib chiqishi mumkin.
A Seriyaning joriy mavsumida Xvicha 13 o‘yin o‘tkazib, 5 gol va 2 golga assistentlik qilgan.