Ronaldu “An-Nasr” safida so‘nggi 10 ta o‘yinda 9 tasida gol urdi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana gol urdi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatining “Ash-SHabab” klubiga qarshi o‘yinda (2:1) 97-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Joriy mavsumda “An-Nasr” safida o‘tkazilgan o‘nta o‘yindan to‘qqiztasida 39 yoshli hujumchi golsiz qolgani yo‘q. Yulduz hujumchi 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan "Al-Ahli" bilan uchrashuvdagina gol ura olmadi.
Krishtianu Ronaldu Saudiya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 6 ta gol bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Yuqorida “Al-Ittihod”dan Karim Benzema (7) va “Al-Hilol”dan Aleksandr Mitrovich (10) bor.