"MYU" Devisga 60 million yevrolik muqobil topdi
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa keyingi yil chap qanot himoyachisini sotib olishni istamoqda. "Qizil iblislar"ning eng asosiy tanlovi "Bavariya" a’zosi Alfonso Devis, ammo kanadalik bilan shartnoma imzolash qiyin bo‘ladi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, mankunianliklar boshqa variantlarni o‘rganmoqda.
Sjy Germany jurnalisti Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Milan" himoyachisi Teo Ernandes "Manchester Yunayted"ning radarida. 27 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 60 million yevroga baholamoqda