"Lion" hujumchisiga APL klubi da’vogar
"Lion" hujumchisi Malik Fofana APLga o‘tishi mumkin.
Bu haqda deadlinedaylive akkauntida xabar berildi.
"Liverpul" hujumchiga qiziqish bildirmoqda. "Lion" o‘z navbatida moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Fofanani sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
19 yoshli futbolchining transfer qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi. Malik va fransuz klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.