Lukas Vaskes safga qaytdi
Madridning "Real" klubi o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes jarohatidan forig‘ bo‘lib jamoa qaydnomasiga qaytdi.
33 yoshli futbolchi noyabr boshida "Osasuna"ga qarshi o‘yinda jarohatlangan edi.
U 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Liverpul"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor.