Saa: "Ronaldu Amorimni biladi"
"Manchester Yunayted" va Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lui Saa o‘zining "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar" bilan yana birlashishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"O‘ylaymanki, Krishtianu jamoada munosib o‘ringa ega bo‘lsa, klubga qaytishdan xursand bo‘lardi. U yetarlicha yomon sharoitda ketdi, klub rahbariyati uni qaytarishni istamasligi mumkin, ammo “Manchester Yunayted” futbolchilari va muxlislari Ronaldu nima demoqchi ekanligini tushunishdi. Ular uni noto‘g‘ri deb ayta olmaydilar.
Krishtianu Amorimni biladi, lekin menimcha, Ruben Ronalduni faqat do‘stligi uchun sotib oladi deb o‘ylamayman. Agar u Krishtianu yordam berishiga ishonsagina imzo chekardi. Agar qaytib kelish imkoniyati bo‘lsa, ishonchim komilki, Ronaldu buni amalga oshirishdan va klubga yordam berishdan xursand bo‘lardi. U qiyinchiliklarni yaxshi ko‘radi. Agar imkoniyat bo‘lsa, u keladi", - dedi Saa.