"Bavariya"ga ortiqchalik qilayotgan futbolchi "Barsa"ga o‘tishi mumkin
Germaniya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Leon Goretska faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchiga "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qiziqmoqda. "Bavariya" 2024/2025 yilgi mavsum oxirida Goretskani majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berishi mumkin.
Yarim himoyachining transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda. Leon va "Bavariya" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.